IQAir xizmati reytingida 27 dekabr soat 08:50 holatida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha Toshkent shahri — 1-o‘rinda, ya’ni eng zararli o‘ringa chiqdi.
Ayni paytda poytaxtdagi PM2.5 konsentratsiyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya qilgan yillik o‘rtacha havo sifatidan salkam 35 baravar yuqori.
JSSTga ko‘ra, havo ifloslanishi ko‘rsatkichlari orasida salomatlik uchun eng katta xavf tug‘diradigani aynan PM2.5 dispers zarralaridir.