Qozog`istonning Qaraganda viloyatida koronavirus infeksiyasidan zararlanish bo`yicha ikkita holat qayd etildi, deb xabar beradi Tengrinews.
«Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo`yicha yana beshta holat qayd etildi. Bugungi kunga kelib mamlakatda 49 kishida koronavirus aniqlangan. Olmaotada — 22, Nur-Sultonda — 25 va Qarag`andada 2 ta holat qayd etilgan», — deyiladi Qozog`iston Sog`liqni saqlash vazirligi xabarida.
Aniqlanishicha, Qaragandada koronavirusga chalingan fuqarolar — Minskdan uchib kelgan.
Olmaotada koronavirus bilan kasallanish bo`yicha uchta holat aniqlangan: 1982 yilda tug`ilgan ayol, Berlindan kelgan 41 yoshli ayol hamda Fransiyadan kelgan 23 yoshli fuqaro. So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Qozog`istonda 860 kishi stasionar karantinda, 2611 kishi uy karantinida saqlanmoqda.
Bundan avval Qozog`istonda ham ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o`quvchilari ta`tilga chiqarildi, davlat organlari xizmatchilariga xorijga xizmat safariga chiqish cheklandi. Mamlakatda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16 martdan 15 aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilingan.