AsosiyJamiyat

21 martdan hududlardagi ko`ngil ochar ob`ektlar faoliyatlari ham to`xtatiladi

'21 martdan hududlardagi ko`ngil ochar ob`ektlar faoliyatlari ham to`xtatiladi'ning rasmi

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.

Mamlakatimiz hududida bemorlar yoki kasallikka shubha qilingan shaxslarni o`z vaqtida aniqlash va respublika bo`ylab kasallikni tarqalishini oldini olish maqsadida, shuningdek majlisda ko`rilgan boshqa masalalar yuzasidan respublika maxsus komissiyasi yig`ilishining qarori qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 21 martdan e`tiboran barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud ko`ngil ochar ob`ektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, choyxona, oshxona (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno) karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter o`yinlari xizmatini ko`rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan bog`liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to`xtatiladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar