AsosiyDunyo

Trampning rafiqasi haqida film suratga olinadi

Premera 2025 yilning ikkinchi yarmiga rejalashtirilgan.

'Trampning rafiqasi haqida film suratga olinadi'ning rasmi

Amazon studiyasi Donald Trampning rafiqasi Melaniya haqida hujjatli film chiqaradi. Bu haqda AP News xabar berdi.

Nashrning yozishicha, kartina ham kinoteatrlarda, ham striming servislarida namoyish etiladi.

Suratga olish ishlari 2024 yil dekabr oyida boshlangan, premerasi esa 2025 yilning ikkinchi yarmiga mo‘ljallangan. Filmga Brett Ratner rejissyorlik qilmoqda.

Amazon vakili filmni Trampning uchinchi xotini va birinchi xonimga “misli ko‘rilmagan nazar bilan sahna ortidan qarash” deb ta’rifladi. Melaniya loyihaning ijrochi prodyuserlaridan biriga aylandi.

Melaniya Tramp 54 yoshda, u fotomodel, qo‘l soatlari va zargarlik buyumlari dizayneri. U 2005 yilda Donald Tramp bilan oila qurgan, 2017 yil yanvaridan 2021 yil yanvarigacha AQSHning birinchi xonimi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 5 noyabr kuni AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovlari o‘tkazildi. Unda respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp g‘alaba qozondi. Trampning inauguratsiyasi 20 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng Melaniya Tramp yana AQSH birinchi xonimiga aylanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Turkiyada spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgan o‘zbekistonliklar soni 10 nafarga yetdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:45

    'Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashinuvini amalga oshirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:47

    Rossiya va Ukraina harbiy asirlar almashinuvini amalga oshirdi

    Jarayon BAA vositachiligida bo‘lib o‘tgan.

    '2037 yilda dunyo aholisi ilk bor 9 milliardlik marradan oshadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:36

    2037 yilda dunyo aholisi ilk bor 9 milliardlik marradan oshadi

    Aholining jadal sur’atlarda o‘sishi asosan Afrika qit’asida kuzatilmoqda.

    'Germaniya Ukrainaga 60 ta raketa yetkazib bermoqchi'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2025 14:21

    Germaniya Ukrainaga 60 ta raketa yetkazib bermoqchi

    Ularning qiymati taxminan 60 million yevro.

    'Isroil va HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvga erishdi - The Times of Israel'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2025 12:36

    Isroil va HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvga erishdi - The Times of Israel

    Endi hujjat batamom tasdiqlanishi uchun Isroil Vazirlar mahkamasiga yuboriladi.

    'O‘zbek allomasi nomi berilgan sun’iy yo‘ldosh kosmosni zabt etdi'ning rasmi

    Dunyo 15.01.2025 11:28

    O‘zbek allomasi nomi berilgan sun’iy yo‘ldosh kosmosni zabt etdi

    Fergani Space kompaniyasining Ahmad Farg‘oniy nomi berilgan birinchi sun’iy yo‘ldoshi kosmosga uchirildi.