AsosiyDunyo

Angela Merkel karantinda qolmoqda

'Angela Merkel karantinda qolmoqda'ning rasmi

Germaniya kansleri Angela Merkel o`zini emlagan shifokorda koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so`ng, uy karantinida qolishga qaror qildi, deb xabar beradi Reuters.

Germaniya kansleri bu haqda 22 mart kuni karantin chora-tadbirlari yanada qat`iylashtirilgani e`lon qilinganidan so`ng bilib qolgan. Yangi tartib-qoidaga ko`ra, mamlakatda yaqin ikki hafta ichida ikki kishidan ortiq bo`lgan odamlarning bir joyda to`planishi taqiqlandi.

Izolyasiya vaqtida Merkel o`zining xizmat majburiyatlarini bajarishni davom ettirish niyatida.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Germaniya COVID-19 pandemiyasi oqibatida eng ko`p jabr ko`rganlar soni bo`yicha beshta davlat qatoriga kiradi. Jon Hopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, mamlakatda 24 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan, vafot etganlar soni 92 kishiga etgan.

Ta`kidlanishicha, Germaniya laboratoriyalarida har hafta qariyb 160 mingta tekshiruv o`tkazilmoqda. Bu Evropadagi boshqa davlatlarning umumiy hisobda o`tkazgan tekshiruvlaridan ham ko`p.

    Boshqa yangiliklar