AsosiyDunyo

Qo`shni davlatda karantin cheklovlari kuchaytirildi. Shaharga kirib-chiqish to`liq yopilib, blokpostlar o`rnatildi

'Qo`shni davlatda karantin cheklovlari kuchaytirildi. Shaharga kirib-chiqish to`liq yopilib, blokpostlar o`rnatildi'ning rasmi

Qozog`iston poytaxti Nur-Sulton shahri hokimi Altay Kulginov koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar kuchaytirilganini ma`lum qildi, deb xabar beradi Tengrinews.kz

"Hurmatli shahar aholisi! Bugun — 22 mart soat 00:00 dan shaharga barcha kirish va chiqish yo`llari yopildi. Blokpostlar o`rnatildi. Faqatgina oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, shahar aholisi uchun zarur bo`lgan mahsulotlarning olib kirilishiga ruxsat etiladi. Xalqaro aeroportga uchib kelgan barcha yo`lovchilar tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi, shundan keyingina ular shaharga kirishi va uyda karantinga rioya qilishlari zarur. Sanitariya talablari kuchaytirildi. Butun shahar bo`ylab dezinfeksiya ishlarini olib boramiz. Bularning barchasi siz va yaqinlaringiz xavfsizligi uchun amalga oshirilmoqda. Biz birgamiz", — deydi Kulginov.

Nur-Sultonga uchib kelgan yo`lovchilar hokim tomonidan qabul qilingan ushbu choralarning naqadar ahamiyatli ekanligini ta`kidlab o`tgan.

Yangi qoidalar joriy etilganidan buyon poytaxt tibbiyot xodimlari tomonidan 10 ta reysda 900 dan ortiq yo`lovchi tekshiruvdan o`tkazilgan.

    Boshqa yangiliklar