AsosiyJamiyat

Ikki o`zbekistonlik Moskvadan Toshkentgacha chipta va`da qiluvchi firibgarlarning qurboni bo`lishdi

'Ikki o`zbekistonlik Moskvadan Toshkentgacha chipta va`da qiluvchi firibgarlarning qurboni bo`lishdi'ning rasmi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Moskvada O`zbekistonga bo`lgan charter qatnovini kutayotgan yo`lovchilarni firibgarlardan ogohlantirdi.

Kompaniya ma`lumotiga ko`ra, aeroportlarda firibgarlar paydo bo`lgan. Ular fuqarolarimizning ishonchiga kirib, charter qatnoviga chipta sotish bilan bog`liq masalalarni messenjerlar orqali hal qila olishini va`da bermoqda.

Yo`lovchilardan pasport ma`lumotlarini va chipta narxining 70% to`lovni oldindan amalga oshirishni talab qiladi. Aynan shunday holatda ikki yurtdoshimiz shu firibgarlar tomonidan aldangan.

Toshkentga bo`lgan charter qatnoviga chipta sotib olishda ehtiyot bo`lishingizni so`ralmoqda.

 Charterlar jadvali Uzairways.com saytida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda https://t.me/koronavirusinfouz va https://t.me/uzbekmid telegram-kanallarida e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar