AsosiyJamiyat

“Navoiy” chegara bojxona posti ochildi

Toshkent viloyatidagi chegara bojxona posti 27 yanvardan sinov rejimida ish boshladi.

'“Navoiy” chegara bojxona posti ochildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan va yangidan buyond etilgan “Navoiy” chegara bojxona posti (“Zangiota” chegara o‘tkazish punkti) 2025 yil 27 yanvardan e’tiboran sinov rejimida ish boshladi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Zamonaviy qiyofadagi ushbu bojxona postida fuqarolar uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega keng va yorug‘ zallar, avtobus va yengil avtotransport vositalari hamda ularda harakatlanayotgan yo‘lovchilar uchun alohida yo‘laklar tashkil etilgan. 

Bojxona postiga tutash hududda bir vaqtda 500 dan ortiq yengil avtotransport vositalari, 100 dan ortiq avtobuslarni qabul qilish imkoniyatiga ega zamonaviy avtoturargoh barpo etilib, unda xalqaro yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobus va yengil avtotransport vositalari, shuningdek mahalliy yo‘nalishdagi yo‘nalishli jamoat transportlari hamda taksi xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.

Avtoturargohda transport vositalari uchun kutish joylari, fuqarolar uchun tez tayyor bo‘luvchi tamaddixonalar, kafe va boshqa maishiy va ijtimoiy xizmatlar, bundan tashqari xalqaro yo‘nalishdagi avtotransport vositalari uchun shaffof elektron navbat tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Chustdagi 40 million dollarlik gaz-beton bloki ishlab chiqarish majmuasi bilan tanishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:47

    Prezident Chustdagi 40 million dollarlik gaz-beton bloki ishlab chiqarish majmuasi bilan tanishdi

    Ushbu loyiha doirasida Xitoy, Germaniya, Daniya kabir davlatlardan innovatsion texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan.

    'Olti oyda hayvonlarga shafqatsiz munosabat bildirgan 34 kishi jazolandı'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:18

    Olti oyda hayvonlarga shafqatsiz munosabat bildirgan 34 kishi jazolandı

    Ularning 32 nafari jarimaga, 2 nafari esa maʼmuriy qamoqqa olingan.

    'Россияда Ўзбекистон фуқаролари калтаклангани юзасидан жиноят иши қўзгатилди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:50

    'Janubiy vokzal yaqinida yongʻin yuz berdimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:16

    Janubiy vokzal yaqinida yongʻin yuz berdimi?

    Toshkent shahar FVB tarmoqlarda tarqalgan video yuzasidan izoh berdi.

    'Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarga hujum qilingani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:26

    Rossiyada o‘zbekistonlik migrantlarga hujum qilingani aytilmoqda

    Hodisa oqibatda bir necha kishi jarohat olgan.

    'Sirdaryoda tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan mansabdor isdan olindi'ning rasmi

    Jamiyat 15.09.2025 20:58

    Sirdaryoda tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan mansabdor isdan olindi

    Soliq inspeksiyasi rahbari eri musofirda bo‘lgan ayolga nisbatan shilqimlik mazmunidagi SMS xabarlar yozib, oylar davomida bezovta qilgan.