Ahmad ash-Sharaa Suriya muvaqqat hukumati prezidenti deb e’lon qilindi, deya xabar tarqatdi mamlakatdagi SANA davlat axborot agentligi.
Ma’lum qilinishicha, yangi hukumat 2012 yilda Bashar Asad davrida qabul qilingan Suriya konstitutsiyasini bekor qildi.
Shuningdek, muvaqqat hukumati armiyani va xavfsizlik xizmatlarini tarqatib yubordi. Endi ularning o‘rniga fuqarolar xavfsizligini ta’minlaydigan yangi idora tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Ahmad ash-Sharaa (shuningdek, Abu Muhammad al-Juloniy nomi bilan tanilgan) “Hay’at Tahrir ash-Sham” guruhi rahbari bo‘lgan.