AsosiyDunyo

Suriyada portlash yuz berdi

15 kishi halok bo‘ldi.

'Suriyada portlash yuz berdi'ning rasmi

Suriyaning shimolidagi Manbij shahrida mina o‘rnatilgan avtomobilning portlashi natijasida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Suriyaning rasmiy SANA agentligi "Oq kaskalar" fuqarolik mudofaa xizmatiga tayanib xabar berdi. Halok bo‘lganlardan 14 nafari ayol va 1 nafari erkak bo‘lib, yana 15 ayol yaralangan, ularning ayrimlari og‘ir ahvolda. Portlash Manbij shahri atrofidagi asosiy yo‘lda, qishloq xo‘jaligida ishlovchi ishchilarni tashuvchi mashina yaqinida sodir bo‘lgan. 

Bu so‘nggi kunlarda Manbijda sodir bo‘lgan ikkinchi shunday hodisadir. Bundan avval, shanba kuni shahar markazida mina o‘rnatilgan avtomobilning portlashi natijasida to‘rt nafar tinch aholi halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi, jumladan, bolalar ham yaralangan edi.

1 dekabrda Turkiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Suriya ozodlik armiyasi "Erkinlik tajribasi" operatsiyasini boshlagan edi. Buning maqsadi shimoliy Suriyada xavfsizlikni tiklash deb e’lon qilingan. Tez orada kurd tuzilmalari nazoratida bo‘lgan Manbij shahri yangi suriyalik hokimiyat tarafdorlari qo‘liga o‘tdi. Bunga qadar, 2016 yildan beri, Manbij AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Kurdiston ishchi partiyasi (RPK) va Xalq himoyasi bo‘linmalari (YPG) tomonidan nazorat qilinar edi. Bu hududda kurdlarning so‘nggi tayanch nuqtasi bo‘lib kelgan.

                                          Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp va Netanyaxu G‘azoni mahalliy aholidan "tozalash" rejasini muhokama qilmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:58

    Tramp va Netanyaxu G‘azoni mahalliy aholidan "tozalash" rejasini muhokama qilmoqda

    Ular bu borada to‘liq kelishuvga erishgan va jarayonni boshlash uchun boshqa davlatlarga bosim o‘tkazish zarurligi haqida fikr almashgan.

    'Filadelfiyada tibbiy samolyot savdo markaziga qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:18

    'Isroilda Netanyaxuning rafiqasiga qarshi tergov boshlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:22

    Isroilda Netanyaxuning rafiqasiga qarshi tergov boshlandi

    U erining sobiq yordamchisidan Binyamin Netanyaxu ishi bo‘yicha asosiy guvoh bo‘lgan Xadas Klyaynga qarshi norozilik namoyishlari va internet kampaniyasi uyushtirishni so‘ragan.

    'Daniyada yana Qur’on kitobi yoqib yuborildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:15

    Daniyada yana Qur’on kitobi yoqib yuborildi

    Partiya yetakchisi Rasmus Paludan muqaddas kitobni yoqib yuborayotganini o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasiga joylagan.

    'Ukraina AQSHdan 70 milliard dollardan ortiq harbiy yordam olgan xolos – Zelenskiy'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:08

    Ukraina AQSHdan 70 milliard dollardan ortiq harbiy yordam olgan xolos – Zelenskiy

    U AQSH tomonidan ko‘rsatilgan yordam turli ko‘rinishlarda bo‘lganini, jumladan, gumanitar va ijtimoiy dasturlar, shuningdek, tayyorgarlik va ta’lim sohalarini o‘z ichiga olganini qo‘shimcha qildi.

    'Dunyoda vabo epidemiyasi avj olmoqda — JSST'ning rasmi

    Dunyo Bugun 12:16

    Dunyoda vabo epidemiyasi avj olmoqda — JSST

    33 mamlakatda yashovchi 805 mingga yaqin kishiga ushbu kasallik tashxisi qo‘yilgan.