AsosiyJamiyat

O‘rtacha oylik ish haqi ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida eng kam o‘sgan

o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi – bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to‘g‘ri kelgan.

'O‘rtacha oylik ish haqi ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida eng kam o‘sgan'ning rasmi

2024 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 17,4 foizga oshib, 5 357,2 ming so‘mga yetgan. Bu haqda stat.uz xabar berdi

Hisobot davrida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi – bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to‘g‘ri kelib, 15 263,7 ming so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 13 157,4 ming so‘mni, tashish va saqlash sohasi 8 113,3 ming so‘mni va sanoat sohasi 6 439,9 ming so‘mni tashkil etib, o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qildi.

Ta’lim (3 637,0 ming so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3 411,0 ming so‘m) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda ekanligini ko‘rish mumkin.

Ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha esa o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’limda (8 562,1 ming so‘m), eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’limda (1 963,3 ming so‘m) kuzatildi.

Ta’lim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida (6 091,2 ming so‘m), Namangan (3 591,6 ming so‘m) hamda Toshkent viloyatlarida (3 591,2 ming so‘m) kuzatildi. Yuqori o‘sish sur’ati Toshkent shahrida (119,5 foiz) va Namangan viloyatida (117,3 foiz) qayd etildi.     

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining 2020-2024 yillardagi o‘zgarish dinamikasiga qaraladigan bo‘lsa, ta’lim hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasi o‘rtacha oylik ish haqi ko‘rsatkichidan ancha quyida shakllangan bo‘lib, 2020 yildagi (o‘rtacha ish haqi 2 673,3 ming so‘m bo‘lgan) mos ravishda 1 980,3 ming so‘m va 1 811,2 ming so‘mdan 2024 yilda (o‘rtacha ish haqi 5 357,2 ming so‘m) mos ravishda 3 637,0 ming so‘m hamda 3 411,0 ming so‘mga yetgan, xolos.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston va Ozarbayjon ID-kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 31.01.2025 15:47

    O‘zbekiston va Ozarbayjon ID-kartalarni o‘zaro tan olish masalasini muhokama qilmoqda

    Bu ikki mamlakat fuqarolariga chet el pasportini olmasdan turib chegarani kesib o‘tish imkonini beradi.

    'O‘zbekistonda 4 kun ichida jinoyat olamiga aloqador bo‘lgan 418 nafar shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 31.01.2025 15:33

    O‘zbekistonda 4 kun ichida jinoyat olamiga aloqador bo‘lgan 418 nafar shaxs ushlandi

    DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 27-31 yanvar kunlari “Antiterror-tozalash” keng ko‘lamli tadbirlari olib borildi.

    'Alisher Qodirov o‘zini haqoratlayotganlar ustidan arz qilmoqchi'ning rasmi

    Jamiyat 31.01.2025 15:22

    Alisher Qodirov o‘zini haqoratlayotganlar ustidan arz qilmoqchi

    Deputatning gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatmaslikka chaqirig‘i keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lgandi.

    'Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari to‘lagan QQSning 50 foizi qaytariladi'ning rasmi

    Jamiyat 31.01.2025 15:02

    Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari to‘lagan QQSning 50 foizi qaytariladi

    Soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2028 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi.

    '“E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 31.01.2025 14:04

    “E-yaylov” elektron platformasi ishga tushiriladi

    Yaylovlar 49 yilgacha ijaraga beriladi.

    'O‘zbekistonda bitta qo‘mita tugatiladi'ning rasmi

    Jamiyat 31.01.2025 13:58

    O‘zbekistonda bitta qo‘mita tugatiladi

    Bu haqda Prezident Farmoni qabul qilindi .