O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-sonli qaroriga muvofiq, Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etiladi.
Karantinda saqlanayotgan shaxslarni bir-biridan ajratgan holda ular o`rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining maksimal oldini olish imkonini beruvchi maxsus karantin ob`ektlari quriladi.