Kelib chiqishi o`zbekistonlik bo`lgan rossiyalik milliarder Alisher Usmonov koronavirus pandemiyasi vaqtida Toshkentda bo`ladi. Bu haqda biznesmen Forbes nashriga xabar qildi.
"Koronavirus pandemiyasi, albatta, biznesga ham, butun dunyo iqtisodiga ham ta`sir qiladi. Tadbirkorlarning nafaqat aktivlari, balkim majburiyatlari ham bor. Ularga nafaqat virusning o`zi, balkim u bilan birga kelayotgan, bozorlarni buzib yuborayotgan axborot to`lqini ham muhimdir. Pandemiya oldida barcha barobar, hammaga Xudodan tirik qolishni so`rayman. Hozirgi sharoitda, insonlar sog`ligi va faravonligi uchun siyosiy qarama-qarshiliklarga qaramasdan barcha davlat rahbarlari birlashib harakat qilishi juda muhimdir.
Menga kelsak, men – koronavirus eng xavfli bo`lgan guruhga kiraman. Shu sababli o`zimni-o`zim virusdan izolyasiya qildim. Hozir tarixiy vatanim - Toshkent shahridaman”, - dedi Alisher Usmonov Forbes nashriga.