AsosiyDunyo

Xitoyda koronavirus yana avj olmoqda: bir kunda 78 holat, ulardan 74 nafari chet eldan qaytganlar

'Xitoyda koronavirus yana avj olmoqda: bir kunda 78 holat, ulardan 74 nafari chet eldan qaytganlar'ning rasmi

 

Xitoyda bir kecha-kunduzda 78 nafar COVID-19 koronavirusidan yaqinda zararlangan fuqarolar aniqlandi. Ulardan 74 nafari chet eldan qaytganlar ekani aytilmoqda. 

Xitoy davlat sog`liqni saqlash qo`mitasi 24 mart sanasiga 31 hududdan (chekka shahar va tumanlar) olgan ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kungacha 81ming 171 nafar yangi koronavirusga chalinish qayd etilgan. Shu jumladan ayni kunda 4735 nafar odam (shundan 1573 nafari og`ir ahvolda) kasallik bilan og`rimoqda, 73 ming 159 nafar fuqaro tuzalib ketgan, 3277 nafar bemor vafot etgan.

Hozirda mamlakat bo`ylab yana 132 nafar yangi zararlanish holati aniqlangan bo`lib, ulardan bir nafari COVID-19 virusi tarqalgan Xubey provinsiyasiga Uxan shahriga to`g`ri kelmoqda. Shifoxonalardan shifo topgan 444 nafar bemorga ruxsat berilgan (426 nafari Uxanda).

Ma`lumot uchun: Xitoy hukumati 2019 yil 31 dekabrda JSST mamlakatda yangi koronavirus epidemiyasi tarqalgani haqida ogoh qilgan edi. Keyinchalik bu noma`lum zotiljam holatini yuzaga keltiruvchi kasallik COVID-19 deya atala boshladi. JSST joriy yil 11 martda dunyoda yangi koronavirus pandemiyasini e`lon qildi. Xitoy davlat sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi 12 martda epidemiya avj olishi pasayganini e`lon qildi.

 

Boshqa yangiliklar