BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh katta yigirmatalik davlatlar rahbarlariga maktub yo`llab, koronavirus tarqalishi sahnida barcha sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi, deya yozmoqda O`zA.Chunki mazkur sanksiyalar oziq-ovqat, tibbiy yordam va kundalik zarur buyumlarni etkazishga halaqit bermoqda .
Bundan tashqari, Bosh kotib koronavirusga qarshi kurashish uchun tibbiy jihozlar, dori-darmon va boshqa tovarlarni etkazib berilishiga salbiy ta`sir ko`rsatayotgan transchegaraviy savdoga joriy qilingan cheklovlarni ham bekor qilishga chaqirdi.
"Hozir birdamlikni namoyon qilish vaqti, o`z qobig`iga bekinib olish emas", deyiladi Antoniu Guterresh yo`llagan maktubda
Guterreshning fikricha, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti shafeligida koronavirus oqibatlari bilan kurashish uchun harakat qilish mexanizmini yaratish kerak. Bu global javob choralarini kuchaytiradi va virusni to`xtatish uchun ko`proq imkoniyat beradi, deydi u.