Bugun butun dunyoni qamrab olgan pandemiya son-sanoqsiz insonlarni halok bo`lishi bilan qalbdarni larzaga keltirmoqda. Unga qarshi kurashish uchun, odamlar, tashkilotlar va davlatlar birlashmoqda. Ana shunday tahlikali zamonda shifokorlar xalq qahramoni sifatida maydonga qiqishdi. Ularni dunyoning har tomonidan millionlab odamlar qo`llab-quvvatlamoqda. Rahmatlar aytishmoqda.
Xususan, Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o`rinbosari Saida Mirziyoeva ham ayni paytdagi mavjud vaziyat bo`yicha maunosabat bildirib, tibbiyot xodimlariga o`z tashakkurlarini izhor etdi:
"Bugun hayotimizda ro`y berayotgan voqealarga boshqa rakursdan qaralsa, odamzod qayta tarbiyalanayotganga o`xshaydi. Uning yuziga ko`zgu tutilgandek, go`yo. Yaxshi bilan yomonni ajratib olish payti kelgandek. Alloh bizga sinov yuborib, o`zimizni isloh qilishga, ko`proq yaxshilik, ezgu ishlar amalga oshirishga undayotgandek. Koronavirus odamlar o`z oilasi, yaqinlari bilan birlashib, oqibatni kuchaytirishi, insof, diyonatni targ`ib etishi uchun yuborilganga o`xshaydi.
Shunday davrda hammani uyda qolishga chorlab, o`zlari ishlashda davom etayotgan sotuvchi, kassir, dorixonalar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari, harbiy, shifokor, uchuvchilar jamoalari, haydovchilar, novvoylar va, eng asosiysi, jurnalist va blogerlar – ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda elimiz uchun o`z sog`lig`i, hayotini xavf ostiga qo`ygan barcha fidoyi insonlar! Sizga boshimiz erga tekkuncha ta`zimdamiz. Siz ham uyingizda o`tirishingiz mumkin edi. Ammo siz xalq xizmatida bo`lishni tanladingiz. Buning savobi juda katta bo`lsa kerak.
Siz bor ekansiz, biz xavotir olmasak ham bo`ladi. Ilohim bu #sinovdavri dan birgalikda eson-omon o`tib olaylik!", — yaxshi kunlarga umid qilgan Mirziyoeva.