Qozog`istonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar orasida ilk o`lim holati qayd etildi. Bu haqda sputniknews.kz xabar berdi.
Qozog`istonda koronavirus infeksiyasi oqibatida ilk o`lim holati qayd etildi. Bu haqda Axborot va jamiyat taraqqiyoti vaziri Dauren Abaev ma`lum qildi.
"Nur-Sulton shahar Sog`liqni saqlash boshqarmasi bu haqda 27 martda rasmiy ma`lumot beradi. Bu holat bizga yanada xushyor bo`lishimiz lozimligidan dalolat bermoqda", dedi vazir.
Qozog`iston Sog`liqni saqlash vazirligi bu ma`lumot to`g`riligini tasdiqlagan.
Ma`lumot uchun: Hozirda Nur-Sultonda 109 nafar, Olmaotada 40 nafar bemor qayd etilgan. Shuningdek Chimkentda 2 nafar, Qaragandada 2 nafar virus yuqtirgan fuqaro aniqlangan. Almota, Aqtube, Jambil va Shimoliy Qozog`iston viloyatlarida bir nafardan bemor davolanmoqda. Ulardan bir nafarining ahvoli og`ir, ikki bemor davolanib, shifoxonadan chiqqan.