AsosiyJamiyat

O`zbekistonda favqulodda vaziyat e`lon qilinadimi? FVV javob qaytardi

'O`zbekistonda favqulodda vaziyat e`lon qilinadimi? FVV javob qaytardi'ning rasmi

O`zbekistonda koronovirus kasalligi aniqlangan bemorlar soni 100 nafardan ortdi, o`lim holati ham qayd etildi shu sabab mamlakatda favqulodda vaziyat e`lon qilinadimi?  

“Favqulodda vaziyatlar vazirligi o`z vakolati doirasidagi barcha ishlarni bajarib kelmoqda. Favqulodda vaziyat e`lon qilish bilan bog`liq masalalar biz tomonimizdan qabul qilinmaydi”, dedi vazirlik matbuot kotibi. Shuningdek, u koronovirusni tarqalish xavfini oldini olish bo`yicha etarlicha choralar ko`rilayotganini aytmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibi mazkur savolga javob berish ularning vakolati doirasida emasligini ham ma`lum qildi.

20 mart kuni mazkur vazirlik matbuot kotibi bilan bog`langanimizda u favqulodda vaziyat borasidagi savolni matbuotda ko`tarish aholi orasida ortiqcha vahima keltirib chiqarishini ta`kidlagan edi.

Biroq, koronovirusning jahon bo`ylab tarqalishi va bir necha davlatlar, hususan, qo`shni mamlakatlarda ham favqulodda vaziyat e`lon qilinishi odamlarda bu vaziyatga ko`nikish, ma`suliyat xis qilgan bo`lishi tabiiy. Xattoki, ommaviy axborot vositalarida ham favqulodda vaziyat e`lon qilinishiga oid maqolalar paydo bo`lmoqda.  

Bugun, Kun.uz nashri, shuningdek, deputat Rasul Kusherbaev ham favqulodda vaziyat e`lon qilinishi kerak, degan chaqiriq bilan  chiqqan. 

Xususan: 

"Viloyatlarni bilmadimu biroq Toshkent shahrining o`zida ham odamlar karantin bo`yicha cheklovlarni jiddiy signal sifatida qabul qilmayapti, tibbiy tavsiyalarga yuzaki yondoshmoqda. Niqob taqish, antiseptik vositalarni ishlatish, uch nafardan ko`p bo`lib to`planmaslik kabi talablar ko`pchilik uchun havoda qolayapti. Toshkent ko`chalarida haliyam avtomobillar qaynab yotibdi.

Bu ahvolda kasallikni engib bo`lmaydi.  

Favqulodda holat joriy etish va og`ir bo`lsa ham hammasini chetga surib, keskin choralar ko`rishdan boshqa yo`l ko`rinmayapti" , — deya o`z munosabatini bildirgan Rasul Kusherbaev.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot kotibining bu boradagi fikrlari esa quyidagicha:

“O`zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha O`zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo`yicha respublika maxsus komissiyasi tuzilgan. Maxsus komissiya kasallikni oldini olish bo`yicha barcha chora tadbirlarni bajarmoqda. O`zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo`yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig`ilishida Respublikada favqulodda vaziyat e`lon qilishga zarurat borligi aytilmadi”, dedi matbuot kotibi.  

Qonunga ko`ra favqulodda vaziyat mamlakatning butun hududi yoki alohida joylarda Prezident qarori bilan joriy etiladi. Prezident qarori uch kun ichida Oliy Majlisga tasdiqlash uchun taqdim etilib, OAVda e`lon qilinishi shart. Parlament tomonidan tasdiqlanmagan qaror uch kun davomida o`z kuchini yo`qotadi va aholi ham ogohlantiriladi.

Favqulodda vaziyat muayyan sharoitda O`zbekistonning konstitusion tuzumi, hududiy yaxlitligi, jamoat xavfsizligi, fuqarolar huquqlari, erkinligi, qonuniy manfaatlari va xavfsizligi himoyasini ta`minlash maqsadlarida joriy etilishi mumkin. Shu vaqtgacha O`zbekistonda favqulodda vaziyat e`lon qilinmagan.

    Boshqa yangiliklar