Singapur hukumati koronavirus tufayli joriy qilingan karantin tartiblarini buzgani uchun mamlakat fuqarosining pasportini bekor qildi, deyiladi mamlakat immigrasiya va nazorat bo`yicha muassasa saytida tarqatilgan xabarda.
Immigrasiya va nazorat muassasasi (ICA) 53 yoshli Go Ili Viktorning pasportini uyda bo`lish bilan bog`liq talabni buzgani uchun bekor qilgan.
Ayni paytda, ushbu ish bo`yicha sog`liqni saqlash vazirligi tekshiruv o`tkazmoqda.
Joriy qilingan karantin tartibiga ko`ra, so`nggi 14 kun davomida Janubiy Osiyo mamlakatlarida bo`lib qaytgan singapurliklarning barchasi ikki hafta uyda o`tirishi lozim. Xabarda aytilishicha, 3 mart kuni Go Singapurdan Indoneziyaga ketgan, 19 mart kuni esa Singapurga qaytgan. Lekin 14 kun karantinda o`tirish o`rniga Singapurga kelgan kuniyoq yana Indoneziyaga jo`nashga qaror qilgan. U hukumatning karantin rejimini buzgani haqidagi ogohlantirishini nazar-pisand qilmay, 24 mart kuni yana Singapurga kelishga uringan. Biroq karantin shartlarini ataylab buzgani uchun, uning pasporti bekor qilindi.
“ICA karantin tartibiga amal qilmaganlarga juda qattiq chora ko`radi“, — deyiladi xabarda.
Singapurda karantinga amal qilmaganlarga 10 ming dollar miqdorida jarima solinadi yoki olti oygacha qamoq jazosi belgilangan.






