Buxoro davlat universitetining bir guruh ko`ngilli talabalari ustozlari boshchiligida boshqa OTMlardagi tengdoshlari safiga qo`shilib, xayrli ishga qo`l urdilar.
Respublikamizda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida karantin joriy qilinishi va shaxsiy gigiena vositasi bo`lgan niqoblarga ehtiyoj ortishi sababli talaba-yoshlar universitet TTJda beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida tashkil etilgan o`quv ustaxonasida 1000 dona niqob tikib, bepul tarqatdilar. Bu haqda Edu.uz rasmiy kanali xabar berdi.
Niqoblar universitet talabalar turar joyidagi xorijlik talabalar, Buxoro shahridagi 32 – sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, Buxoro shaharidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar yotoqxonasidagi aholi vakillariga bepul tarqatildi.
Shuningdek, talabalar shaharning “Zarmanoq” postida faoliyat olib borayotgan IIB xodimlari, harbiylar va haydovchilarga ham o`zlari tayyorlagan niqoblarni berdilar