Ijtimoiy tarmoqlarda "Chiroqchi tumanida nimalar bo`lmoqda?" mazmunidagi kichik izohli fikrlar tarqalmoqda. Bu kabi norasmiy fikrlardan yiroq bo`ling, deya ogohlantirmoqda Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov.
Rasmiy xabarda Chiroqchida koronavirus infeksiyasi aniqlangan deyayotganlarga javoban hokimlik tekshiruvlardan so`ng ushbu tumanda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlik holati qayd etilsa, https://t.me/koronavirusinfouz kanali orqali rasmiy ma`lumot berilishini ma`lum qilmoqda.
Eslatib o`tamiz, vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud.
Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma`lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so`mdan 89 mln 200 ming so`mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.