“O`zkomnazorat” DI axborot xavfsizligi mutaxassislarining COVID-19 pandemiyasi sabab internet orqali firibgarlik qilib, odamlarning mablag`larini o`zlashtirish holatlari ko`paygani haqida ogohlantiradi.
“O`zkomnazorat” davlat inspeksiyasi fuqarolarning ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusni qon orqali aniqlaydigan vosita ya`ni testlar sotilishi haqidagi e`lonlarga xushyor qarashga chaqiradi. Firibgarlar bu kabi e`lonlar yordamida odamlarni aldab, ularga maxsus saytdagi anketani to`ldirtirib, siz haqingizda shaxsiy axborotlarga ega bo`ladi va oldindan elektron tarzda to`lov amalga oshirilishini so`raydi, oqibatda bank plastik kartasi haqidagi ma`lumotlar uchinchi shaxslarga ma`lum bo`ladi.
Shuningdek, tarmoqlarda shaxsiy tibbiy himoya vositalari komplektlari sotilishi, ularda tibbiyot niqoblari, antiseptik salfetkalar va dezinfeksiya vositalari dorixonadagi narxlardan ikki baravar qimmatroq sotilayotgani kabi salbiy holatlar ham uchrab turibdi.
“O`zkomnazorat” yuqoridagilarni inobatga olgan holda fuqarolardan qonda koronavirus infeksiyasi bor yoki yo`qligini bilish uchun davlat tibbiyot muassasalariga murojaat qilishni, shu bilan birga zaruriyatga ko`ra, kerakli tibbiy buyumlarni dorixonalar hamda shahardagi savdo do`konlaridan xarid qilishni tavsiya etadi.