Toshkent viloyati imom xatiblari hamda hokimliklar bilan hamkorlikda viloyatlardagi atoqli ziyoratgohlarda xayr ehson ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Bu haqda Darakchiga Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan imomlar, noiblar va qorilar tomonidan joriy yilning 30 mart kuni 310 nafar kam ta`minlangan oilalarga 43950000 so`m miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari va ziyoratgohlarda 14 ta qo`y qurbonlik uchun so`yilib, 261 xonadonga go`shtlar tarqatildi, shuningdek qorilar tomonidan 37 ta xatmi Qur`onlar o`qilib, xayrli duolar qilindi. Bu kabi xayrli ishlar davom etmoqda.