2020 yil 28 mart kuni soat 22-30 larda Qo`qon shahar xalq deputatlari kengashi deputati M.A. kengash deputatlari a`zo bo`lgan “Telegram” ijtimoiy tarmog`i (gruppa) orqali Ichki ishlar xodimlariga nisbatan qo`pol so`zlar ishlatib, xaqoratomuz fikrlar bildirib, IIB xodimlarining o`z vazifalarini bajarishi bilan bog`liq qonuniy talablarini bajarmaslikka da`vat qilib, soxta uydirmalar tarqatgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur holat yuzasidan Qo`qon shahar prokuraturasi tomonidan 30.03.2020 yilda kengashdan rozilik olinib, sud tomonidan M.A.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 195-moddasi bilan 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Farg`ona viloyat prokuraturasi xabar berdi.