31-mart kuni Moskva shahridagi perinatal markazlardan birida koronavirusli chaqaloq tug`ildi. Bu haqda Qo`shni mahalla telegram kanali xabar bergan.
Bungacha uning onasi koronavirus infeksiyasi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. Yangi tug`ilgan qizcha koronavirus testidan o`tkazildi va u ijobiy natija berdi. Endi bu tashxis takroriy test orqali tasdiqlanishi kerak.
Hozircha, bola boshqa shifoxonaga yotqizilgan va ajratib qo`yilgan. Uning ahvoli qoniqarli, onasi esa tibbiy xodimlarning doimiy ko`rigida bo`lib turibdi.






