Endi karantin tufayli ta`tilga chiqqan talabalar kitoblarni audio ko`rinishda tinglashlari mumkin.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan talabalar uchun TAS-IX tarmog`ida taniqli adiblarning asarlarini o`zida jamlagan https://audiobook.edu.uz portali ishga tushirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Portalga audiokitoblarni joylashtirishda @audiokitoblaruz telegram kanali manbaalaridan foydalanildi.
Ma`lumot uchun, bundan oldin vazirlik tomonidan talabalarga ta`til vaqtida masofadan turib bilim olish imkoniyatini kengaytirish maqsadida https://tube.edu.uz videoportali hamda Telegram ijtimoiy tarmog`ida videodarslardan iborat maxsus @eduuz_online kanali ishga tushirilgan edi.