"COVID-19ni yengamiz" telegram kanalida koronavirus bilan kasalangan bemorlarning holati haqida ma`lumot berildi.
"Virusologiya ilmiy-tekshirish institutida davolanayotgan 83 bemorning 19 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 4 nafarining ahvoli og`ir, 1 nafarining esa ahvoli nisbatan og`irroq, deb baholanmoqda. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasida 19 bemor davolanyapti. Ulardan 1 nafarining ahvoli o`ta og`ir. Ahvoli og`ir deb baholangan bemorlar intensiv-terapiya muolajalariga o`tkazilgan" deya yozilgan.