AsosiyJamiyat

Ertadan boshlab odamlar harakatlanishida 2 metrlik masofani saqlashi talab etiladi

'Ertadan boshlab odamlar harakatlanishida 2 metrlik masofani saqlashi talab etiladi'ning rasmi

4 aprelda O`zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo`yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig`ilishida yana  qo`shimcha chora-tadbirlar belgilandi.  

Unga ko`ra, 6 apreldan e`tiboran quyidagilarni nazarda tutgan holda “o`zini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi:  

◾️shaxsning o`zining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur bo`lgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va b.) uchun va shifokor ko`rigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qat`iyan cheklanadi, ish joyiga borishi va kelishi bilan bog`liq holatlar bundan mustasno;

◾️harakatlanishda hamda savdo do`konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi;

◾️65 yoshdan yuqori yoshda bo`lgan va surunkali kasalligi bo`lgan fuqarolar o`z uylaridan o`ta zaruratsiz tashqariga chiqishi qat`iyan man etiladi.

Ushbu talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar