AsosiyJamiyat

Yana 32 hamyurtimizda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Jami bemorlarning soni 342 tani tashkil etmoqda

'Yana 32 hamyurtimizda  koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Jami bemorlarning soni 342 tani tashkil etmoqda'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining bergan ma`lumotiga ko`ra, ayni vaqt yana 32 hamyurtimizda  koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Jami bemorlarning soni 342 nafarni tashkil etmoqda.

Oxirgi tasdiqlanganlarning ham barchasi stasionar sharoitida karantinga olingan fuqarolar orasidan aniqlangan.

Eslatib o`tamiz, bunga qadar O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 310 nafarni tashkil etgan edi.

27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.

28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.

Bugungi kungacha esa 25 nafar bemor butunlay tuzalgan, 19 nafar bemorda pnevmoniya klinik belgilari bor, biroq  farg`onalik bemorning ahvoli og`irligicha qolmoqda.

Jiddiy karantin choralari belgilanganiga qaramasdan nega zararlanish holati oshib borayotgani to`g`risida Nurmat Otabekov izoh bergan edi.

    Boshqa yangiliklar