AsosiyJamiyat

Onlayn savdoda qatnashuvchilar bir haftada 400 nafarga oshdi

'Onlayn savdoda qatnashuvchilar bir haftada 400 nafarga oshdi'ning rasmi

Bugun, 6 aprel kuni 171 ta mulkka o`tkaziladigan onlayn-auksionlarda 1695 nafar ishtirokchi qatnashish uchun ariza topshirdi. Bu haqda Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi axborot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, bu ko`rsatkich o`tgan hafta savdolarda ishtirok etgan ishtirokchilar sonidan qariyb 400 taga ko`p degani.

E-ijro auksion savdo maydonchasida savdolar hajmi ham so`nggi 2 haftada oshgan. Joriy yilning 27 mart – 2 aprel kunlari o`tkazilgan savdolarda 1294 ta ishtirokchi qatnashgan, 569 ta mulk savdoga chiqarilgan, 344 ta mulk realizasiya qilingan. Shu jumladan 6 ta bo`sh turgan davlat ob`ekti, 51 ta tadbirkorlik va 87 ta uy-joy qurish uchun er uchastkalari, 36 ta yuridik va jismoniy shaxslar buyurtmasiga asosan 36 ta mol-mulklar sotilgan hamda 100 dan ortiq davlat mulki ob`ektlari ijaraga berilgan.

Ma`lumot uchun, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida tashkil etilgan. Markaz faoliyati to`liq masofaviy ishlash rejimiga o`tkazilgan. Operatorlar tomonidan bir kunda o`rtacha 200 dan ortiq murojaatlar qabul qilib kelinadi.

    Boshqa yangiliklar