AsosiyDunyo

Karantinni buzgan shaxs otib o`ldirildi

'Karantinni buzgan shaxs otib o`ldirildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte polisiya va qurolli kuchlarga karantin vaqtida tinchlik va tartibni buzib, norozilik namoyishini o`tkazayotgan fuqarolarga qarata o`q uzish bo`yicha ko`rsatma bergan edi.

Ayni paytda ma`lum qilinishicha, Filippin polisiya xodimi karantin qoidasini buzgan fuqaroni otib o`ldirdi.

Otishma Nasipit shahrida sodir bo`lgan bo`lib,  63 yoshli mast erkak tibbiyot xodimlarning karantin cheklovlariga rioya qilish to`g`risidagi izohlaridan so`ng shifokorlar va polisiyaga hujum qilgan.

“Shifokorning niqob taqmaganligi uchun ogohlantiruvidan keyin erkak jazavaga tushgan, qo`pol so`zlar ishatgan va  shifokorga hujum qilgan”, — deydi mahalliy polisiya vakili.

Shundan so`ng polisiya fuqaroga o`q uzagan. Filirrinda bu karantin qoidalarini buzgani uchun fuqaroni otib tashlagan birinchi holat hisoblandi.

Boshqa yangiliklar