AsosiyJinoyat

Samarqandda 63 yoshli kishi urib-do`pposlangani yuzasidan rasmiylar izoh berdi

'Samarqandda 63 yoshli kishi urib-do`pposlangani yuzasidan rasmiylar izoh berdi'ning rasmi

Bir necha kun avval saytimizda "Samarqandda 63 yoshli kishi urib-do`pposlandi” nomli maqola va video e`lon qilingan edi. Ushbu voqea yuzasidan izoh IIV huzuridagi Tergov departamenti izoh berdi.

Unda aytilishicha 29 mart kuni taxminan soat 02:30 da 32 yoshli Aziz T. Samarqand shahrida joylashgan “Tabiat-saxovat” dehqon bozori oldida joylashgan do`kon oldiga kelib, shu do`konda norasmiy qorovul bo`lib ishlagan fuqaro –63 yoshli Xusinali M.ga qorni ochganligini va unga “xot-dog” tayyorlab berishini aytadi. Ammo Xusinali M. unga do`kon karantin sababli yopiqligini aytganidan so`ng, u bilan janjallashib qolib, Xusinali M.ni qo`l va oyoqlari bilan qasddan urib-do`pposlab og`ir tan jarohati etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan fuqaro Aziz T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha Aziz T.ga Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “v” bandi (o`ta shafqatsizlik bilan, qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan ayblov e`lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Boshqa yangiliklar