AsosiyDunyo
3168

Mo``jiza: Avstriyada 95 yoshli qariya koronavirusni engdi

'Mo``jiza: Avstriyada 95 yoshli qariya koronavirusni engdi'ning rasmi

Avstriyaning Tirol federal hududida 95 yoshli otaxon koronavirusdan tuzalib, klinikadan chiqdi, deb xabar berdi ria.ru nashri.

Xabarda aytilishicha qariyalar uyida yashovchi bu sal kam yuz yoshlik otaxonda infeksiya alomatlari 15-martda aniqlangan. Uni holsizlik, isitma va yo`tal bezovta qilgan. Shundan so`ng otaxon Insbruk klinikasining yuqumli kasalliklar bo`limiga yotqizildi.

Shifoxonaga yotgach bemor ahvoli kundan-kunga yaxshilana boshladi. Uch haftadan so`ng, koronavirusga topshirilgan tahlil natijalari unda manfiy chiqdi. Bu mo``jiza keksa yoshda ham ushbu kasallikni engish mumkinligini ko`rsatdi.

Avstriya sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, respublikada koronavirus tufayli vafot etganlar soni  7 aprel sanasiga qadar 243 nafarga etgan, jami 12,5 ming kishi kasallangan. Ayni vaqtda mamlakatda kundalik statistikaga ko`ra koronavirusdan tuzalganlar xastalikka chalinganlar sonidan ko`pni tashkil qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar