5 aprel kuni Samarqand shahar “Nurli kelajak” mahallasi hududida joylashgan dehqon bozori atrofida karantin talablariga rioya etmay, maqsadsiz yurgan fuqarolarni aniqlash bo`yicha bir qator IIB xodimlari xizmatga jalb etildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Xizmat paytida IIB xodimlari 2001 y.t., Samarqand tumani, “Turkman” qishlog`ida yashovchi Q.B. o`zining “Damas” rusumli avtomashinasini maqsadsiz boshqarib yurganligini aniqlab, haydovchidan avtomashinani boshqarish huquqini beradigan hujjatlarni taqdim etishni so`rashadi. Tegishli hujjatlar yo`qligi sababli B.Q. xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, avtomashinasini harakatga keltirib voqea joyidan qochib ketadi.
Olib borilgan tekshiruv harakatlari davomida, huquqbuzar qo`lga olinib, unga nisbatan tegishli moddalar bilan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi, avtomashina vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Ma`muriy ishlar bo`yicha Samarqand shahar sudining qaroriga asosan B.Q. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksing 54-moddasi 1-qismi va 194-moddasida ko`rsatib o`tilgan huquqbuzarliklarni sodir etishda aybli deb topilib, unga nisbatan 5 sutka “ma`muriy qamoq” jazosi tayinlandi.