San-Fransiskolik tibbiy xodim Entoni Nikele video orqali koronavirus pandemiyasida kasalxonadagi vaziyat haqida so`zlab berdi.
Uning aytishicha, San-Fransisko shifoxonalarini birining jonlantirish bo`limida ishlaydi.
" Bu erdagi bo`layotgan ishlarni ko`rsangiz esingiz og`adi.Bemorlar va shifokorlar uchun zarur bo`lgan narsalar etishmayapti. Himoya ekranli maskani bir haftadan beri ishlatayapman. Shu maskada koronavirus bilan xastalanganlarga qarayapman. O`zim ham virusga chalinganimga shubham yo`k. Mamalakatda virus tarqalishini kech nazoratga olinganligi sabab endi hamma virus tashuvchisiga aylanadi yoki kasal bo`lib halok bo`ladi yoki yaxshi bo`ladi. Og`ir bemorlar o`pkani vintelasiya qiladigan apparat kerak. Mening vazifam bemorlarga yangi kunni ko`rishda yordam berish, agar vafot etadigan bo`lsa ularning yonida bo`lish.
Koronavirus insonni qo`qisdan chaladi. Bu erdagilar karantin qoidalariga bepisan bo`lganlar. Ular hech narsa bo`lmagandek yashashda davom etishgan. Keyin istimalari chiqib, terlashgan, ich o`tishi kuzatilgan. Nafas olishga qiynalishganidan doktorga kelganlar. Agar shu holatda bemor o`pkani ventilyasiya qilish uskunasisiz nafas ololganlarni uyida davolashni davom ettirishlarini aytayapmiz.
Shifoxona jarrohlik xonasida, avtomobillar turargohida ham bemorlar bor. Biz go`yo harbiy zonadamiz. Men uchun eng og`iri odamlarning yolg`izlikda bu dunyoni rihlat qilayotganligi. Bundan qalbim tilka-pora bo`lmoqda.
Uyda qoling! Mamlakat tibbiyoti yangi kasallarni qabul qilishiga amin emasman. Faoliyatim davomida qotillarni, ularning qurbonlarini davolaganman. Ammo koronvirusdek qotilni ko`rmadim.






