Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida “Koronavirus” kasalligiga chalingan prokuratura xodimi va uning oila a`zolari bilan muloqotda bo`lgan shifokor bemorlarni qabul qilishni davom ettirayotganligi sababli tegishli chora ko`rish kerakligi haqidagi audioyozuvlar tarqalgan.
Aniqlanishicha, fuqaro A.J. karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni Internet tarmog`i orqali tarqatish maqsadida, 2020 yil 7 aprel kuni Jizzax viloyati bo`yicha tuzilgan “Koronavirus” shtabiga qo`ng`iroq qilib, shtab navbatchisiga “Koronavirus” kasalligiga chalingan prokuratura xodimi va uning oila a`zolariga tibbiy yordam ko`rsatgan “Doktor A” xususiy shifoxonasi shifokori xaligacha o`z shifoxonasida bemorlarni qabul qilayotganligi sababli tegishli chora ko`rish kerakligini bildirgan.
So`ng, u viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga ko`ng`iroq qilib, javob bergan navbatchilarga “Doktor A” xususiy shifoxonasi shifokorini tekshirib ko`rishligini aks holda ular bilan bo`lib o`tgan suhbat jarayoni yozib olingan audioyozuvni Internet tarmog`i orqali tarqatib yuborishini ma`lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan 09.04.2020 yilda fuqaro J.A.ga nisbatan JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo`lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






