Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida yashaydigan G.T oldindan tanish bo`lgan viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash bo`limi mutaxassisidan yaqin bir tanishini muddatli harbiy xizmatga jo`natish tartibi to`g`risida maslahat berishni so`raydi.
Mamlakatimizda karantin e`lon qilinib, muddatli harbiy xizmatga chaqiruv vaqtincha to`xtatilgan bo`lsa-da, boshqarma mutaxassisi J.Q undan yaqin tanishini muddatli harbiy xizmatga jo`natishga yordam berishini aytib, evaziga 100 dollar pul talab qiladi. Shunday qilib, “uddaburon” mutaxassis G.Tdan ana shu mablag`ni olayotganida ichki ishlar organlari xodimlari qo`liga tushib qoladi.
Ayni paytda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.