Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonni koronavirus xavfidan ogohlantirgan shifokor koronavirusdan vafot etdi.
Ta`kidlanishicha, 53 yoshli urolog Abdul Mabud Choudxari 15 kun shifoxonada yotib, vafot etgan. Ma`lumotlarga ko`ra, ikki farzandning otasi bo`lgan shifokorda koronavirus aniqlangan.
18 mart kuni Choudxari Boris Jonsonga murojaat yo`llab, uni mamlakatdagi tibbiyot xodimlarining har birini koronavirusdan himoyalovchi vositalar bilan ta`minlashga chaqirgan.
Avvalroq COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan Jonsonning o`zi reanimasiyaga joylashtirilgani haqida xabar berilgan edi. 8 aprel kuni Britaniya bosh vazirining ahvoli yaxshilangan: u o`tirib, muloqot qilishni boshlagan.
Mavzuga oid: Buyuk Britaniya bosh vazirida koronavirus infeksiyasi aniqlandi.