Karantin davrida ko`pchilik xayriya ishlari bilan band bo`lsa, ammo ayrim nopok kimsalar esa ushbu vaziyatdan foydalanib, o`g`irlik qilish payiga tushgan.
Poytaxtimizning Yashnobod tumani Jarqo`rg`on ko`chasidagi avtoshohbekatlarning biriga o`rnatilgan plastik kartochkadagi pulni naqd qilib berishga mo`ljallangan bankomatni o`margan yigitlar qo`lga olindi. To`lov terminalining o`zi yigirma million so`m turadi, uning ichida esa bir million oltmish uch ming so`m pul bo`lgan. To`rt shovvoz oldindan til biriktirib, voqea joyini sinchiklab o`rganib chiqishadi. Kuzatuv kameralari yo`qligiga ishonch hosil qilgan holda, terminalni elektr tarmog`idan uzishadi. So`ngra o`zlariga tegishli bo`lgan avtomobilga yuklab, voqea joyidan g`oyib bo`lishadi. Terminalni buzib, ichidagi pullarni o`zaro taqsimlab olishgach, uni suvga oqizib yuborishadi. Mazkur jinoyat haqida “Sevimli” telekanalining “Zamon” ko`rsatuvida ma`lum qilindi.






