AsosiyDunyo

Xitoyda karantinni buzish virus tarqalishiga olib kelsa - 10 yil qamoq, umrbod qamoq yoki o`lim jazosi belgilangan. Boshqa davlatlardachi?

Xitoyda karantinni buzish virus tarqalishiga olib kelsa - 10 yil qamoq, umrbod qamoq yoki...

'Xitoyda karantinni buzish virus tarqalishiga olib kelsa - 10 yil qamoq, umrbod qamoq yoki o`lim jazosi belgilangan. Boshqa davlatlardachi?'ning rasmi

Xitoyda karantinni buzish virus tarqalishiga olib kelsa - 10 yil qamoq, umrbod qamoq yoki o`lim jazosi belgilangan. Boshqa davlatlardachi? Karantin va o`z o`zini izolyasiyalash qoidalarini buzganlik uchun qo`llaniladigan jazo (jarima) choralari ayrim davlat misolida keltirilmoqda.

  • Italiya – shtraf 400 dan 3 ming evrogacha jarima;

 

  •  Germaniya – 100 dan 2,5 ming evrogacha jarima;  

 

  • Fransiya – birinchi marta - 135 evro, ikkinchi marta (15 sutka ichida) - 200 evro, uchinchi marta (bir oy ichida) - 1,5 ming evro, to`rtinchi marta - 3,7 ming evro jarima va olti oy qamoq jazosi;

 

  •  Ispaniya – «sog`liq uchun jiddiy xavf» bo`lgan taqdirda 100 evrodan 60 ming evrogacha jarima, 3 oydan bir yilgacha qamoq jazosi;

 

  • Buyuk Britaniya – 60 funt sterling (14 kun ichida to`lansa - 50% chegirma), takror sodir etilsa - 120 funt sterling jarima. Har bir qoida buzarlik uchun jarima ikki baravar oshiriladi, ko`pi bilan 960 funt sterling;

 

  •  Irlandiya – 2,5 ming evrogacha jarima va yarim yilgacha qamoq jazosi;

 

  • Avstriya  – 4 ming evrogacha jarima;

 

  •  Xorvatiya – 1000 evro jarima, takror sodir etilsa holatga qarab 15 ming evrogacha jarima;

 

  • Polsha – 5 ming Polsha zlotisi (1,2 ming evro) miqdorida jarima;

 

  • Chexiya – 130 ming dollargacha jarima;

 

  • Isroil – 500 isroil shekilisidan (≈127,5 evro) 5 ming isroil shekilisi (≈1275 evro), shuningdek sodir etilgan holatga ko`ra 7 yilgacha qamoq jazosi;  

 

  • BAA – 50 ming (13,6 ming dollar) dirhamdan 100 ming dirham (27,2 ming dollar)gacha jarima yoki 5 yilgacha qamoq jazosi;

 

  • AQSh – Kaliforniyada 1000 dollar jarima yoki 6 oygacha qamoq jazosi. Merilend va Gavayida - 5 ming dollar jarima va/yoki 1 yilgacha qamoq jazosi. Florida shtatida - 500 dollar jarima va/yoki ikki oy qamoq jazosi. Vayomingda - 10 ming dollargacha jarima yoki bir yilgacha qamoq jazosi. Nyu-Yorkda «uyda qolish» tavsiyaviy rejimi va ijtimoiy masofani buzganlik uchun - 1000 dollargacha jarima;

 

  • Singapur – olti oygacha qamoq jazosi va/yoki 10 ming dollargacha jarima, takror sodir etilsa - jazo ikki baravar og`ir;

 

  • Xitoy – agar qoidani buzish virus tarqalishiga olib kelsa - 10 yil qamoq, umrbod qamoq yoki o`lim jazosi;

 

  • Hindiston – 200 hind rupisi (≈2,7  dollar)dan bir oy qamoq jazosigacha, agar qoidabuzarlik «hayot va xavfsizlikka tahdid solsa» - 1000 rupiy (≈13,2 dollar) miqdorida jarima va olti oy qamoq jazosi;

 

  • Avstraliya – 13 345 (≈8500 AQSh dollari) dan 25 000 (≈15920 AQSh dollari) avstraliya dollarigacha jarima;

 

  • Qirg`iziston – agar qoida buzilishi ommaviy kasallikka sabab bo`lsa, 260-300 ming som (3,5 ming dollar) jarima yoki 2,5 yildan 5 yilgacha qamoq jazosi;

 

  • Qozog`iston – 25 ming tanga (57 dollar) yoki 15 sutka qamoq jazosi;

 

  • Ozarbayjon – 100 dan 200 manatgacha (59 dan 118 dollargacha) jarima, mansabdor va yuridik shaxslar uchun - 1,5 mingdan 2 ming manatgacha (884 dollardan 1178 dollargacha) jarima yoki bir oygacha qamoq jazosi.

    Boshqa yangiliklar