AsosiyDunyo

Koronavirus yuqtirib BAA da qolib ketgan rossiyalik sportchilar nihoyat "tutqunlik"dan qutuldi

Peterburglik taniqli velopoygachilar koronavirusdan tuzalib uyiga yo`l oldi. Bu haqda Regn...

'Koronavirus yuqtirib BAA da qolib ketgan rossiyalik sportchilar nihoyat "tutqunlik"dan qutuldi'ning rasmi

Peterburglik taniqli velopoygachilar koronavirusdan tuzalib uyiga yo`l oldi. Bu haqda Regnum.ru xabar berdi.

Peterburglik professional velopoygachi Dmitriy Straxov Abu-Dabi shahrida bo`lib turganida unda koronavirus infeksiyasi aniqlangandi. U bilan bir vaqtda do`sti velostport ustasi Igor Boevda ham COVID-19 virusi aniqlandi. Ular bir oy davomida BAAda tibbiyot xodimlari nazoratida bo`lishdi.

“GazpromRusVelo” jamoasi sportchilari Dmitriy Straxov va Igor Boev kuni kecha nihoyat koronavirusdan shifo topib Birlashgan Arab Amirliklaridan chiqib ketishdi. Ammo hozirgi aviamuloqotlar cheklangan davrda ular tranzit yo`llar orqali uyiga etib olguncha ancha uzoq yo`l bosishlariga to`g`ri keladi.

Eslatib o`tamiz: Rossiyada ayni kunda 11917 nafar fuqaroda virus aniqlangan, ulardan 795 nafari sog`aiygan, 94 nafar bemor vafot etgan.

 

Boshqa yangiliklar