Saudiya Arabistoni podshohlik oilasining 150 a`zosida koronavirus aniqlandi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Saudiya Arabistonida podshohlik oilasining 150 a`zosida koronavirus aniqlandi. Shu munosabat bilan shifoxonada 500 ta o`rin tayyorlab qo`yilgan. Ayni vaqtda ahvoli og`irlashgani sababli Ar-Riyod gubernatori bo`lgan shahzoda shifoxonaning jonlantirish bo`limiga olingan.
Ta`kidlanishicha, 84 yoshli podshoh Salmon Qizil dengizdagi orolda joylashgan saroyida izolyasiyada bo`ladi. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud va vazirlar hozirda izolyasiyada qolmoqda.
Barcha mamlakatlardagi kabi koronavirus pandemiyasi sababli Saudiya Arabistonidagi yirik shaharlarda ham qat`iy karantin joriy qilingan. Bu erda do`konlarga yoki tibbiy yordam olish uchungina ko`chaga chiqishga ruxsat berilmoqda.
Ma`lumot uchun: hozirda podshohlikda koronavirusga chalinganlar soni 3 mingga yaqinni, vafot etganlar soni esa 41 nafarni tashkil etmoqda.