Endi JAR aloqa va kommunikasiyalar vaziri 2 oygacha o`z lavozimida ishlay olmaydi. Mas`ul rahbar bo`la turib qat`iy karantin tartibiga amal qilmagani va do`sti bilan birga tushlik qilgani sababli unga 2 oy ta`til berildi. Ta`til davomida vazirga bir so`m ham haq to`lanmaydi. Bu haqda VVS Swahili nashriga tayanib, regnum.ru xabar berdi.
Gap shundaki, Stella Ndabeni-Abraxamsning do`sti bilan ovqatlanayotgan rasmlari ijtimoiy tarmoqda tarqalgan va bunga fuqarolar e`tiroz bildirgan. Natijada hukumat vazirni jazolashga majbur bo`lgan.
Albatta, har qanday ishda rahbarlar fuqarolarga o`rnak bo`lishlari kerak. Agar ular o`zi qoidaga amal qilmasa fuqarolarni ham bunga da`vat qila olmaydi...






