Rossiyada koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi klinik sinovlari 60 ko`ngillida o`tkaziladi. Bu haqda RIA Novosti "Vektor" virusologiya va biotexnologiya davlat ilmiy markazi bosh direktori Rinat Maksyutovaning bayonotiga tayanib xabar berdi.
Uning so`zlariga ko`ra, tadqiqotlar sog`lom odamlar uchun o`tkazilmoqda, ko`ngillilar orasida istaganlar ko`p.
"Mazkur vaksinani qabul qilish istagida bo`lgan ko`ngillilar anchagina. Ular Novosibirsk viloyati va boshqa mintaqalar aholisi bo`lib, qo`ng`iroqlar asosida tanlab olinadi. Ular birinchilardan bo`lib COVID-19 dan himoya olishni istaydilar", dedi Maksyutov.
Bosh direktorning so`zlariga ko`ra, vaksinani olishni istaganlar orasida preparatning samaradorligi va xavfsizligiga ishonadiganlar ham bor.






