AsosiyJinoyat

Jinoyat sodir qilib, 17 yildan buyon qidiruvda bo`lgan ayol qo`lga olindi

'Jinoyat sodir qilib, 17 yildan buyon qidiruvda bo`lgan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

2003 yilning oktyabr oyida, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273 moddasi 5 qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganligi uchun Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan qidiruv e`lon qilingan, “qamoq” ehtiyot chorasi qo`llanilgan, Termiz shahri K.Shodmonov ko`chasi 45-“a” uyda yashovchi Bozorova Karomat Zayniddinovna 2020 yilning 9 aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Jarqo`rg`on tumani hududida yashirinib yurganligi aniqlanib qo`lga olindi.

Jinoyat sodir etgan ayol qilgan jinoyati uchun qonun oldida javobgarligini ta`minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasiga topshirildi.

    Boshqa yangiliklar