AsosiyJinoyat

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini urgan toshkentlik ayol karantin sabab qamoqxonaga emas uyiga qamaldi

'Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini urgan toshkentlik ayol karantin sabab qamoqxonaga emas uyiga qamaldi'ning rasmi

Toshkentlik  27  yoshli ayol  2 aprel soat 12:30 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko`chasida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi joriy etilgan karantin qoidalarini buzganligi sababli tumani profilaktika inspektori F. Ibrohimov tomonidan to`xtatilgan. 

Inspektorning jamoat joylarida niqobsiz yurish mumkin emasligi yuzasidan bergan og`zaki tanbehiga va niqob taqishi haqidagi qonuniy talablariga bo`ysunmasdan o`z yo`lida davom etgan. Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishtirilayotganda ayol inspektor F. Ibrohimovga qarshilik qilib, unga tan jarohati etkazib, xizmat kiyimi va aloqa vositalariga shikast etkazgan. Boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarini haqoratlab, qo`li bilan ularni urib, hujjatlarni rasmiylashtirishga yo`l bermasdan bo`limdan chiqarib yuborishni talab qilgan.

Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning ma`lum qilishicha, 7 aprel kuni ayol Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan va 8 aprel kuni unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan ayb e`lon qilingan.

Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudi karantin holatini inobatga olib, toshkentlik ayolga nisbatan uy qamog`i tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llashni lozim topdi.

 

    Boshqa yangiliklar