AsosiyDunyo

Xitoyda koronavirusning ikkinchi to`lqini sodir bo`lishi ehtimoli bormi?

'Xitoyda koronavirusning ikkinchi to`lqini sodir bo`lishi ehtimoli bormi?'ning rasmi

Xitoyda koronavirus infeksiyasining keng to`lqini qayta avj olishi mumkinmi? Epidemiologlar bu haqda nima demoqda? Ma`lum bo`lishicha Xitoyda koronavirusning boshqa davlatlardan kirishi hisobiga qayta epidemiologik holatni yuzaga keltirishi ehtimoli juda kam. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qildi.

Ekspertning aytishicha, virusning Evropa mamlakatlari, Amerika va hatto Janubi-Sharqiy Amerikadan kirib kelishi va tarqalishi xavfi mavjud, chunki ushbu mintaqalardan kelgan bemorlarda yana kasallik holatlari aniqlanmoqda.

«Xitoyda kasallik yana avj oladimi, ya`ni biror mahalliy yoki undan kattaroq miqyosda bo`ladimi, masalan, oilada, maktabda yoki bir guruh odamlarda, o`ylashimcha, bundayin ehtimol juda past. Xitoyda, har bir alohida turar joy maydonida va uyning darajasiga qadar juda qattiq profilaktika choralari ko`rilmoqda», — deydi ekspert.

Epidemiologning ta`kidlashicha, Xitoyda barcha niqob taqib yuribdi, muloqot vaqtida masofaga rioya qilmoqda, bundan tashqari, biror kishining tana harorati ko`tarilsa yoki boshqa belgilar paydo bo`lsa, tezkorlik bilan ma`lum qilinib, izolyasiyaga olinyapti.

«Shu sababli bunday sharoitda kasallikning tarqalish ehtimoli juda past, lekin, albatta, xavf bor», — deya ta`kidlaydi Chjun Nanshan.

Boshqa yangiliklar