«Zamon senga boqmasa, sen zamonga boq” degan ibratli ibora bejizga aytilmagan. Tabiat va jamiyat qoidalariga so`zsiz amal qilib yashash biz insonlarning asosiy burchimizdir. Ammo insoniyat boshiga shunday sinovli kunlar tushib turgan bir vaqtda, o`z burchini unutib qo`yayotganlar ham bor.
Anvara 1995 yilda Samarqand viloyatining Bulung`ur tumanida tug`ilgan. U yoshligidan o`qishga, biror hunar o`rganishga qiziqmadi, biror kasbning boshini tutmadi. Oxir-oqibat osongina pul topish choralarini o`yladi. Qing`ir rejasini amalga oshirish uchun Samarqand shahrida vaqtincha ijarada istiqomat qilib kelayotgan xonadonda fohishaxona tashkil qilib, to`rt yuz ming so`m pul evaziga uyidan alohida xona ajratib berayotganida Samarqand shahar 6-sonli IIB Jinoyat-qidiruv bo`limi xodimlari tomonidan qo`lga olindi. To`rt yuz ming so`m pul xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirildi. “So`nggi pushaymon - o`zingga dushman”, deydi dono xalqimiz. Endi Anvara qancha afsus chekmasin, hech narsa o`rniga tushmaydi. Holat yuzasidan O`z.R.JKning 131-moddasiga asosan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






