1

To`g`ri, uyda o`tirish oson ish emas. Karantinni qachon bekor qilishni xalqimiz bilan bamaslahat ko`rib chiqamiz — Shavkat Mirziyoev

Siyosat 14.04.2020, 20:52
To`g`ri, uyda o`tirish oson ish emas. Karantinni qachon bekor qilishni xalqimiz bilan bamaslahat ko`rib chiqamiz — Shavkat Mirziyoev

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev bugun, 14 aprel kuni global inqiroz va pandemiya sharoitida O`zbekiston qishloq xo`jaligi oldida turgan dolzarb vazifalar muhokamasiga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishini o`tkazdi. Unda davlat rahbari aholini karantin paytida qo`llab-quvvatlash va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida to`xtaldi. 

Bizning oldimizda 34 millionlik aziz xalqimizni boqish barobarida qanchadan-qancha etishtirgan mahsulotlarimizni chetga eksport qilish vazifalari ham turibdi. 

Albatta, biz yaxshi tushunamiz, uyda o`tirish oson ish emas, lekin biz ayni paytda elimizning sog`lig`ini va hayotini saqlab qolish uchun eng maqbul vosita sifatida shu tavsiyaga amal qilishga majburmiz.

Biz karantinni qachon bekor qilishni xalqimiz bilan bamaslahat, har tomonlama chuqur o`ylab va tahlil qilib, albatta, ko`rib chiqamiz.

Ko`pni ko`rgan, turli sinovlarda toblangan mard va matonatli xalqimiz bilan bu vaqtinchalik qiyinchiliklarni biz, albatta, engib o`tamiz.

Buyuk shoirimiz Abdulla Oripov qalamiga mansub, hammamiz g`urur bilan kuylaydigan Davlat madhiyamizda “Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon”, degan chuqur ma`noli so`zlar bor.

Chindan ham, mana shunday murakkab va sinovli damlarda biz ulug` va mehnatkash xalqimizning qudrati, aql-zakovati va sabr-matonati, mehr-oqibati va samimiyati bilan ushbu og`ir sinovlarni ham, albatta, engib o`tamiz, – deb ta`kidladi Prezident Shavkat Mirziyoev.

Davlatimiz rahbari, shuningdek, markaziy idoralar rahbarlaridan, boshqa mutasaddilardan ular biriktirilgan hududlarda har bir bemor ahvoli yuzasidan hisobot oldi, yaratilgan sharoitlar haqida batafsil so`rab surishtirdi.

Undan tashqari, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot ilmiy markazlari rahbarlari o`zlari mas`ul bo`lgan hududlardagi har bir bemor holidan shaxsan xabar olishlari, davlatimiz tomonidan yana qanday sharoit va yordam kerakligi ustida tinimsiz qayg`urishlari zarurligi ta`kidlab o`tildi. Hech bir fuqaro qiyinchilik bilan yuzma yuz qolmasligi yana bir bor alohida qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1