AsosiyJinoyat

Samarqandda 90 yoshli otani qarovsiz qoldirgan 4 o`g`ildan "aliment" undirildi

'Samarqandda 90 yoshli otani qarovsiz qoldirgan 4 o`g`ildan "aliment" undirildi'ning rasmi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Jomboy tumanlararo sudida «g`ayrioddiy» ish ko`rib chiqildi. Xususan asr bilan yuzlashayotgan otaxon o`zining 4 nafar o`g`lini sudga bergan. Bu haqda viloyat sudi sudyasi yordamchisi Sherjahon Zayniddinov manbasiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

FIB Samarqand viloyat sudi sudyasi katta yordamchisi Sherjahon Zayniddinovning ma`lum qilishicha, ota-onaning farzandlar ustidan da`vo arizalari kiritishi so`nggi yillarda ko`proq uchramoqda.

Ushbu ishda ham 7 nafar farzandning 90 yoshli otasi o`z holidan biror farzandi g`amxo`rlik qilmayotgani yuzasidan sudga murojaat qilgan.

Da`vogar Ya.S. sudda g`amxo`rlikka o`ta muhtoj ekani, 4 nafar o`g`lidan birortasi biror marta xabar olmagani, qizlarining uyiga hadeb borish esa kuyovlariga yoqmasligini ma`lum qilgan.

Sud majlisining vaqti va joyi to`g`risida bir necha marta xabar qilingan bo`lsa-da o`g`illardan birortasi kelmagach, ish sirtdan ko`rib chiqildi.

Sudda da`vogarning ko`rsatmalari isbotini topib, uning kam ta`minlangani, o`g`illari unga qaramasligi ma`lum bo`lib, da`vo qanoatlantirildi va darhol ijroga qaratildi. O`g`illardan otaga belgilangan miqdorda pul undiriladigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar